Peru kongressi plenumi mamlakat prezidenti Martin Viskarraga impiçment e'lon qildi. Peru prezidenti poraxörlikda ayblanmoqda.
Impiçment e'lon qiliş qarorini 105 deputat qöllab-quvvatlagan, 19 deputat qarşi çiqqan, 4 deputat betaraflik bildirgan.
Peru qonunlariga köra, endi prezident lavozimini parlament spikeri Merino de Lama egallaydi. Uning yangi prezident sifatida qasamyod keltirişi 10 noyabrga belgilangan.
Viskarra 2011-2014 yillarda Mokegua viloyati gubernatori bölgan vaqtda qurilişdagi korrupsiya işi böyiça ayblanmoqda. Uning impiçmentiga uşbu iş böyiça tergov bilan hamkorlik qilayotgan 4 kişining körsatmasi olib kelgan. Uşbu şaxslar Viskarra qurilişdagi pudratlarni taqsimlaşda 600 ming dollardan köproq pora olganini tasdiqlaşgan.
Viskarraning özi ayblovlarni rad etmoqda. Uning ta'kidlaşiça, tergov endigina boşlanğiç bosqiçda bölib, öz jazo muddatini qisqartirişga urinayotgan şaxslar körsatmalariga asoslangan.
Viskarra Peruning sobiq prezidenti Pedro Kuçinskining 2018 yil martidagi impiçmentidan keyin prezident lavozimini egallagandi.












