Brendni Honor qurilmalarining asosiy distribyutori bölgan Digital China kompaniyasi va Huawei boş qarorgohi joylaşgan Şençjen şahri hukumati boşçiligidagi konsorsium sotib oladi.
Huawei’ning öz brendini sotiş rejalari haqidagi xabarlar oktabr örtalarida paydo bölgan. Öşanda Huawei’ning şö'ba kompaniyasiga bir neçta xaridor da'vogarlik qilayotgani, bitim qiymati esa 3,7 mlrd dollarga baholanayotgani ma'lum qilingan. Huawei’ning qarori AQŞning unga qarşi kiritgan sanksiyalari bilan boğlangan. Uşbu sanksiyalar kompaniyaga smartfonlar işlab çiqarişida jiddiy qiyinçiliklar tuğdirdi va Huawei’ni öz Android-qurilmalariga Google dasturlarini örnatiş imkoniyatidan mahrum etdi.
Reuters axborot agentligining xabar berişiça, Xitoy kompaniyasi bitim haqida 15 noyabrda rasman e'lon qiladi. Honor oldi-sotdidan keyin öz rahbariyatining katta qismini va 7 mingga yaqin xodimini saqlab qolişi hamda yaqin 3 yil içida IPO ötkazişi rejalaştirilgan.
Huawei, Honor, Digital China va Şençjen hukumatida uşbu bitim böyiça izoh berilmagan.












