Pompeo Baydenni tabriklashga shoshilmaslikka chaqirdi
Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, “yuridik jarayonga to‘liq amal qilinganligiga” ishonch hosil qilish lozim.

Foto: AP Photo / Manuel Balce Ceneta
AQSh davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo “hali barcha ovozlar hisoblab bo‘linmagan” va jahon siyosatchilari Jo Baydenni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan erta tabriklamoqda, deb hisoblaydi. U bu haqda Fox News telekanali efirida aytdi.
“Oldinda hali ko‘p ishlar turibdi. Barcha ovozlar hisoblab bo‘linmaganini eslatib o‘tamiz”, – dedi Pompeo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “yuridik jarayonga to‘liq amal qilinganligiga” ishonch hosil qilish lozim.
AQShning bir qator yetakchi OAVlari 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarida Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qildi. Saylovlarga hali rasman yakun yasalmagan bo‘lsa-da, Bayden ham o‘zini saylovlarda g‘alaba qozongan, deb hisoblamoqda. Uni bu g‘alaba bilan ko‘plab jahon yetakchilari tabriklashga ulgurishgan.
Biroq amaldagi prezident Donald Tramp demokratlarni saylovlar natijalarini soxtalashtirishda ayblamoqda va o‘z mag‘lubiyatini tan olmayapti. U natijalar bo‘yicha bir necha shtatlarda sud tartibida bahslashmoqchi.
Bayden esa Trampning o‘z mag‘lubiyatini tan olmayotganini “sharmandalik” deb atadi.
Mavzuga oid

17:15 / 05.06.2025
Tramp Baydenning sog‘lig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni buyurdi

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

09:57 / 19.05.2025