YeI hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyalari işlab çiqayotgan koronavirusga qarşi vaksinadan 300 mln doza sotib oliş uçun şartnoma imzolaydi.
Şartnoma şartlariga köra, YeI yana 100 mln doza vaksina sotib oliş ehtimoli bilan 200 mln doza vaksinaga buyurtma beradi.
Yevrokomissiya (YeK) vakillari Pfizer va BioNTech bilan muzokaralar yakuniga yetganini bildirgan.
YeK avvalroq AstraZeneca, Sanofi-GSK va Johnson & Johnson kompaniyalari vaksinalarini sotib oliş böyiça ular bilan şartnoma imzolagan hamda CureVac va Moderna kompaniyalari bilan dastlabki muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan.
Vaksina işlab çiqişda Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan AQŞning Pfizer kompaniyasi koronavirusga qarşi vaksinasi sinov vaqtida 90 foizdan ortiq samaradorlik namoyiş etganini xabar qilgan.













