BMW saytida ma'lum qilinişiça, maşina kompaniyaning modellar qatorida yangi avloddagi birinçi elektrokar hisoblanadi.  

iX oldidan 4-seriyadagi BMW’ni eslatadi, ölçamlari böyiça esa X5’ga yaqin. U umumiy quvvati 500 ot kuçidan oşadigan ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Krossover 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt içida erişa oladi. Avtomobil bir quvvatlanişda 600 kmgaça yöl bosadi.

Maşinada tez quvvatlagiç mavjud bölib, u 200 kVtda akkumulyatorni 10 foizdan 80 foizgaça 40 daqiqadan kamroq vaqt içida quvvatlaş imkonini beradi. Maşinaning standart quvvatlagiçi 11 kVtda işlaydi va avtomobilni 10 foizdan 80 foizgaça 11 soatda quvvatlaydi.  

Elektrokar 3-darajadagi avtopilot uçun möljallangan datçiklar bilan jihozlangan. Krossover belgilangan yönaliş böyiça özi mustaqil harakatlanişi, sekinlaşişi, tezlaşişi, boşqa maşinalarni quvib ötişi, burilişi mumkin.

Maşinaning e'tiborli jihatlaridan şuni aytiş mumkinki, uning eşiklarida an'anaviy dastaklar örniga tugmalar qöllangan. Suv sepuvçi idiş teşigi esa kapot ostida emas, balki “tumşuği"dagi BMW belgisida joylaşgan.

Maşinaning radiator panjarasi nafaqat radiatorni sovitiş, balki yarimavtonom harakatlaniş uçun zarur bölgan kameralar, radarlar va boşqa datçiklarni himoyalaş uçun möljallangan. Panjara “özini tiklovçi” materialdan işlangan: undagi mayda tirnalişlar xona haroratida 24 soat içida özi “bitib ketadi”.

Avtomobil salonida 12,3-dyuymli raqamli asboblar paneli, multimedia tizimining 14,9-dyuymli sensor displeyi joylaşgan. Maşina ruli oltiburçakli şaklga ega. Kompaniyada bu haydovçiga noqulaylik tuğdirmasligiga işontirilgan. 

Elektromobil 5G-modem va ma'lumotlarni qayta işlaş uçun yuqori unumdor tizim bilan jihozlanadi. Bu har bir BMW iX’ga markaziy server bilan yöldagi joriy vaziyat borasidagi ma'lumotlar bilan almaşiş imkonini beradi. Server öz navbatida ma'lumotlarni tahlil qilib, boşqa maşinalarga tavsiyalar berib turadi.  

BMW iX’ni işlab çiqarişni 2021 yil oxirida boşlaş rejalaştirilgan. Elektrokarning bozorga çiqişi muddatlari va uning taxminiy narxi hozirça ma'lum qilinmagan.