Rossiyaning “Alrosa” kompaniyasi tomonidan Yoqutistonda topilgan olmosdan işlangan puşti brilliant Jyenevadagi auksion vaqtida 24,393 mln şveysar frankiga (26,6 mln dollar) sotildi.
“Roza arvohi” deb nomlangan brilliant 14,83 karat oğirlikka ega bölib, u dastlab 23-38 mln dollarga baholangan. Oval şakldagi uşbu brilliant Rossiyada topilgan eng katta puşti olmosdan tayyorlangan. Uning oğirligi 27,85 karatni taşkil qilgan.
“Puşti olmoslar tabiatda kam uçraydi. Bundan taşqari, ulardan bor-yöği bir foizining oğirligi 10 karatdan oşadi. Uşbu brilliant haqiqiy möjizadir”, deb ma'lum qilgan Sotheby's auksion uyining qimmatbaho ziynat buyumlari bölimi boşliği Gari Şuler.
Ayni vaqtda qimmatbaho toşlar uçun rekord narx 2013 yil noyabrda Sotheby's auksionida örnatilgan. Öşanda Pins Star (Puşti yulduz) deb nomlangan, oğirligi 59,6 karat keladigan puşti brilliant 83,19 mln dollarga sotilgan. Qimmatbaho toş JARda De Beers kompaniyasi konidan topilgan. Auksionda amerikalik zargar Ayzak Vulf ğolib çiqqan. Biroq 2014 yil fevralda unda brilliantni sotib olişga puli yöqligi ma'lum bölgaç, brilliant auksionga qaytarilgan. 2017 yil aprelda Hongkongdagi auksion vaqtida Pink Star’ni 71,2 mln dollarga sotişga muvaffaq bölingan.












