Hodisa sodir bölgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi joyni közdan keçirib, Bodomzor köçasidan oqib ötuvçi ariq böyidan tan jarohati yetkazişda foydalangan bir dona yoğoç sopli oşxona piçoği hamda hodisa joyidagi qon doğlariga öxşaş doğlarini aniqlab, protsessual tartibda rasmiylaştirib olgan.

Tibbiy ma'lumotnomaga köra, jabrlanuvçining badanida qorindagi sançilgan, kesilgan tarzidagi jarohat bölib, çarvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib çiqişi körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan şahar böyiça IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan jinoyat sodir etgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvçining ölişiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoiy iş qözğatilgan.

Biroq joriy yilning 9 noyabr kuni körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, jabrlanuvçi kasalxonaning jonlantiriş bölimida olgan oğir tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Hozirda aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Uşbu jinoiy iş böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











