“Virus Osiyoda tarqalgan bölib, Yevropaga kemalardagi yovvoyi kalamuşlar orqali kirgan bölişi mumkin. Avval bunday virus Germaniyada kuzatilmagan”, deb aytgan professor Yorg Xofmann.

Olimlarning taxminiça, virus aniqlangan xonaki kalamuş xorijdan olib kirilgan. Virusni yuqtirib olgan ayolda ötkir buyrak yetişmovçiligi rivojlangani sababli u intensiv terapiya bölimiga yotqizilgan.

Ayolda ötkazilgan serologik tahlil taxminiy taşxis - hantavirus infeksiyasini tasdiqlagan. Olimlar dastlab ayolda aniqlangan hantavirus uning qaysi turiga mansubligini aniqlay olişmagan, biroq keyinroq maxsus molekulyar taşxislaş usuli evaziga ayol va uning kalamuşi Seul virusiga çalingani tasdiqlangan.   

“Virusning xonaki kalamuşda aniqlanişi infeksiyaning bu jonzotlar savdosi orqali butun dunyo böylab tarqalişi mumkinligini anglatadi”, deb ta'kidlab ötişgan olimlar va kalamuşlar egalarini ehtiyotkor bölişga çaqirişgan.

JSST ma'lumotlariga köra, Seul virusi kemiruvçilardan odamlarga yuquvçi hantavirusning turlaridan biri hisoblanadi. Kasallikning oğir şaklida bemorlarda qon ketişi va ötkir buyrak yetişmovçiligi rivojlanişi mumkin. Kasallik belgilarsiz ham keçişi mumkin. Seul virusi odamdan odamga yuqmaydi va ayni vaqtda uni davolaşning samarali usullari mavjud emas.