Belarus rahbari Rossiya, Ukraina, Moldova va Qozoğiston OAV vakillari bilan uçraşuvda bu haqda ma'lum qildi va hokimiyatning tranziti ssenariysini qöllamasligini, ya'ni uni öz vorislariga topşirmoqçi emasligini ta'kidlab ötdi.
“Heç qanday vorislar bölmaydi. Xalq kimni saylasa, şunday böladi. Men ont içganman. Men Belarus xalqi qanday qaror qilsa, şunday bölişiga va'da berganman”, – deb aytgan Lukaşenko suhbat davomida.
Belarus rahbari özining muddatdan oldin iste'foga ketişi ehtimolini qat'iyan rad etgan. “Men tösatdan prezident vakolatlarimdan voz keçib yubormayman”, – deb aytgan Lukaşenko Qozoğistonning “Xabar” agentligi jurnalistining tegişli savoliga javoban.
Belarus prezidenti Ukrainaning “112.Ukraina” telekanali vakilining Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uni prezident deb atamasligi haqida aytgan sözlariga ukrainalik hamkasbi, avvalambor, özi haqida öylab körişi kerakligini aytgan. “Uning qöllab-quvvatlanişi darajasi 70 foizdan 22-30 foizgaça tuşib ketdi. 1,5-2 yil içida öziga xalq tomonidan işonçning şunçalik yöqolişi uçun “ustamon” böliş kerak. Kim gapirsa gapirsin, Zelenskiy oğzini oçmasin”, – deb aytgan Lukaşenko.
Belarus prezidentining ta'kidlaşiça, Belarus uçun iqtisodiyot va siyosat masalalarida Rossiyadan boşqa muqobil variant yöq. “Qayerga boqma, Rossiyasiz bizga qiyin böladi”, – deb qöşimça qilgan Lukaşenko.
Belarus yetakçisi prezident saylovlaridan keyin öz vakolatlari bilan bölişişga tayyorligini, biroq buni köça bosimi ostida emas, konstitutsiyani özgartiriş orqali amalga oşirişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş rejasi 2021 yil boşida bölib ötadigan Umumbelarus xalq yiğinida muhokama qilinadi.













