
Taşkilotning Özbekistondagi vakolatxonasidan Kun.uz'ga ma'lum qilişlariça, bu – FAO tomonidan Global Ekologik Jamğarma kömagi bilan amalga oşirilayotgan «Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurğoqçil va şörlangan qişloq xöjaligi işlab çiqariş landşaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boşqariş» loyihasi doirasida amalga oşirilgan.
Suv nasoslari berilgan muhtoj xonadonlar röyxati Buxoro tumani hokimligi va viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi tomonidan taqdim etilgan.

«Dehqon va tomorqa xöjaliklariga pandemiyaga qarşi kuraşning murakkab davrida körsatilayotgan beğaraz yordam uçun minnatdorlik bildiraman va şuni ta'kidlamoqçimanki, Buxoro tumani aholisi bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirişdan juda manfaatdor», – degan Buxoro tumani hokimi Qaxramon Döstov.
Ta'kidlanişiça, FAOning tuman aholisiga beğaraz yordami şu bilan çeklanmaydi. Yuqorida ta'kidlangan loyiha doirasida issiqxona xöjaliklarini yanada rivojlantiriş uçun tumandagi tomorqa xöjaliklarida 20 ta issiqxona quriş ham rejalaştirilgan. Issiqxonalarni yetkazib beriş va quriş böyiça çora-tadbirlar boşlab yuborilgan.

Umuman, loyiha doirasida 2020 yilning iyun oyida Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi tomorqa xöjaliklariga 30 ming dona pomidor, karam va bulğor qalampiri köçatlari, iyul oyida esa 10 tonnadan ortiq azotli va fosforli öğitlar beğaraz yetkazib berilgan. «Bu – pandemiya davrida tumanda moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan tomorqa yer egalari uçun sezilarli yordam böldi», – deyiladi xabarda.
«Aholining eng zaif qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, global oziq-ovqat ta'minoti zanjirlarining barqarorligini ta'minlaş va oziq-ovqat tizimida pandemiya oqibatlarini yumşatiş böyiça çora-tadbirlar uşbu murakkab davrda oziq-ovqat inqirozining oldini olişga yordam beradi», – deydi loyihaning milliy koordinatori Muhammadjon Qosimov.












