Davlat xaridlari portalidagi axborotga köra, «UzAuto Motors» AJ AQŞning General Motors Overseas Distribution LLC kompaniyasi bilan 2019 yil 27 noyabrda şartnoma tuzgan. Oradan bir oy ötib, UzAuto Motors Toşkentda Equinox va yana 3ta premium segmentdagi modellar taqdimotini ötkazgan edi.
Şartnoma qiymati (CPT/CIP) 199,9 mln dollar yoki şu modeldagi har bir avtomobil uçun 22,8 ming dollarga teng bölgan.
CIP narxi (carriage and insurance paid) – şartnoma tuzilgan mahsulotning narxi içiga yetkazib beriş va xaridor foydasiga suğurta xarajatlari ham qöşilganini anglatadi.

Özbekistonda Equinox 33,6 ming dollardan sotilmoqda. Bu esa uşbu avtomobil narxi import qiymatidan 10,8 ming dollar yoki 47 foizga yuqori ekanini körsatadi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilda narxi 40 ming dollardan ortiq avtomobillarni Özbekistonga bojsiz olib kirişga ruxsat berilgandi. Ammo 2020 yil boşidan UzAuto Motors qimmat narxdagi törtta import avtomobil sotuvini yölga qöygaç, biznes-klass avtomobillar uçun bojsiz tartib bekor qilindi.
Ta'kidlaş joiz, monopol korxonaga xorijdan avtomobil import qilişda yaşirin tarzda eksklyuziv imtiyozlar berilgan bölişi mumkin. Kompaniya import avtomobillar uçun belgilangan boj va utilizatsiya yiğimini tölamayotgani ehtimolidan kelib çiqib, oktabr oyida bir guruh deputatlar Bojxona qömitasi va Moliya vazirligiga sörov yuborgandi.
Sörovga bojxonaçilar «maxfiy ma'lumotlar» yozilgan javob yöllaşgan. Moliya vazirligining javobi haqida jamoatçilikda ma'lumot yöq.













