Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi quradi
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi sobiq “Kichkintoylar bog‘i”da bo‘ldi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi.
6 gektarni egallagan mazkur hududda UMS Holding asoschisi, tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun'iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi.

- Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi, - dedi viloyat hokimi.
Shavkat Abdurazzoqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e'tibor qaratish, kotlovan (poydevor yotqizish uchun qazilgan chuqur - tah.) atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta'kidladi.

Xalqaro biznes markazi barpo etiladigan manzilda Qur'on tilovat qilinib, jonliq so‘yildi. Boshlanayotgan ishlarga xayr-baraka tilandi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:46 / 20.06.2026
Namanganda qalbaki dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026