Armaniston taşqi işlar vaziri Zograb Mnatsakanyan iste'foga çiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Anna Nagladyan ma'lum qildi.
«Iste'fomni qabul qilişingizni sörayman. Işonç va hamkorligingiz uçun minnatdorlik bildiraman», — deya Mnatsakanyandan iqtibos keltirmoqda Sputnik. Armaniston.
Agentlikning yozişiça, vazir bayonoti e'lon qilinişidan bir neça daqiqa avval boş vazir Nikol Paşinyan parlamentda qilgan çiqişida Mnatsakanyanni iste'foga çiqarmoqçi ekanligini aytgan.
Uning sözlariga köra, 2018 yilda boşlangan muzokaralar jarayoni Toğli Qoraboğ hududlarining topşirilişiga olib kelgan. Boş vazirning qöşimça qilişiça, muzokaralar davomida Şuşa şahrini ham Ozarboyjonga beriş masalasi ham muhokama qilingan.
Armaniston taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Anna Nagdalyan Paşinyanning uşbu bayonotini izohlar ekan, «tinçlik muzokaralarining heç bir bosqiçida Şuşa şahridan voz keçiş masalasi kötarilmagan»ini bildirdi.
10 noyabr kuni Paşinyan Ozarboyjon va Rossiya bilan Toğli Qoraboğda öt oçişni töxtatiş va Bokuga ayrim hududlarni, jumladan Şuşa şahrini beriş töğrisida kelişuv imzolaganini ma'lum qildi. Şundan söng Yerevanda mazkur kelişuvga qarşi norozilik namoyişlari boşlandi.












