Armaniston Rossiya orqali Ozarboyjonga murojaat qilib, Bokudan Kelbajar tumanidan qöşinlarni olib çiqiş muddatini uzaytirib berişni iltimos qildi. Ta'kidlanişiça, Boku bunga rozi bölgan va Yerevanga qöşinlarini olib çiqiş uçun 10 kun muhlat bergan. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti yordamçisi Hikmat Gajiyev ma'lum qildi.
Armaniston Toğli Qoraboğdagi ixtilofni töxtatiş böyiça Ozarboyjon va Rossiya bilan imzolangan bayonotga köra, Kelbajar, Loçin va Ağdam tumanlarini Ozarboyjonga 1 dekabrgaça böşatib berişi kerak.
Jumladan, Armaniston Kelbajardan öz qöşinlarini 15 noyabrgaça olib çiqişi kerak edi. Gajiyevning ta'kidlaşiça, uşbu tumanning Ozarboyjonga topşirilişi 15 noyabrdan 25 noyabrga köçirildi. Boku bunga “insonparvarlik nuqtai nazaridan” rozilik bergan.
Uşbu qaror Armanistonda yuzaga kelgan muammolar sababli qabul qilingan. Jumladan, Yerevan duç kelgan muammolardan biri Kelbajardan Armanistonga faqat bir yöl borligi va uning ötkaziş qobiliyati pastligi bilan boğlangan. Bundan taşqari, uşbu hududda hozirda murakkab ob-havo şaroiti kuzatilmoqda.
“Kelbajardan Armanistonga olib boruvçi yagona yölning yuklanganligi va ob-havo şaroitlarini inobatga olib, Ozarboyjon Armanistonning iltimosiga rozi böldi”, deb aytgan Gajiyev.
Armaniston kelişuvga köra, 20 noyabrgaça Ağdam tumani va Gazax tumanidagi hududlarni, 1 dekabrgaça esa Loçin tumanini böşatib berişi kerak. Ozarboyjon prezidenti yordamçisining ta'kidlaşiça, bu tumanlar topşirilişi muddatlari özgarişsiz qolgan.












