Peru prezidenti vazifasini vaqtinça bajarayotgan Manuel Merino de Lama iste'foga çiqdi. E'tiborlisi, bundan 6 kun avval Peruning avvalgi prezidenti Martin Viskarra ham iste'foga çiqqandi.
Merino de Lama 10 noyabrda pora olişda ayblanayotgan Viskarra iste'foga çiqqandan keyin uning örnini egallagandi.
Şundan keyin mamlakatda Viskarraning öz lavozimidan çetlatilişiga qarşi norozilik namoyişlari boşlangan. Namoyişlarni bostiriş vaqtida 2 yigit halok bölgandan keyin perulik bir qator siyosatçilar, jumladan vazirlar mahkamasining 13 a'zosi Merinoning iste'fosini talab qilişgan va u bilan işlaşdan boş tortişgan.
“Hozirda, Peru eng yirik siyosiy inqirozlarning birini boşdan ötkazayotgan vaqtda, butun mamlakat e'tiboriga prezident lavozimidan ketiş haqida ariza berayotganimni yetkazmoqçiman. Barça peruliklarni tinçlikka va birlaşişga çaqiraman!” – deb murojaat qilgan Merino televideniye orqali.
Şu bilan birga u iste'foga çiqişga ariza bergan 13 vazirning iste'fosini qabul qilişni rad etgan. “Vazirlar ayni vaqtdagi noaniqlik yengib ötilmagunça öz lavozimlarida qoladi”, – deb ta'kidlab ötgan Merino.
Peru parlamenti 9 noyabrda Martin Viskarraning iste'fosini qöllab-quvvatlagan. Viskarraga impiçment e'lon qilinişiga 2011-2014 yillarda Mogekua provinsiyasi gubernatori bölgan vaqtida pora olganligi bilan boğliq ilgari surilgan ayblov sabab bölgan. Viskarraning özi pora olganini rad etmoqda. U mamlakatda aynan korrupsiyaga qarşi kuraşi sababli keng qöllab-quvvatlangan.












