Xitoyning Huawei Technologies Co kompaniyasi Honor brendi ostida qurilmalar işlab çiqaruvçi bölinmasini Shenzhen Zhixin New Information Technology Co kompaniyasiga sotadi.
Kelişuvning moliyaviy şartlari oşkor qilinmayapti. Huawei xabarida aytilişiça, kompaniyaning iste'molçilarga möljallangan biznesi "katta bosim" ostida qolgan. Bu “mobil telefonlar işlab çiqariş uçun zarur texnik unsurlarni olişning imkoni yöqligi” bilan boğliq, deya qayd etadi kompaniya.
Donald Tramp ma'muriyati ötgan yili Huawei kompaniyasini AQŞ texnologiyalarini oliş imkoniyati çeklangan kompaniyalar röyxatiga kiritgandi. Bu yil esa çeklovlar yanada qat'iylaştirilişi oqibatida Huawei Amerika texnologiyalaridan foydalaniş imkonidan butunlay mahrum böldi.
Qayd etilişiça, Honor brendi omon qolişi uçun uni sotişga qaror qilingan. Ammo Honor boşqa kompaniyaga ötganidan söng Amerika texnologiyalarini oliş imkoniga ega böliş-bölmasligi noaniq, deb yozadi Bloomberg.












