Peru kongressi deputat-sentrist Fransisko Sagastini mamlakatning vaqtinçalik prezidenti etib sayladi. Bu mamlakatda ötgan hafta davom etgan norozilik namoyişlari va ikki prezidentning iste'foga çiqişidan keyin yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatni yumşatiş maqsadida amalga oşirildi. 

“Morado” partiyasi vakili 76 yoşli Sagasti kongressga boşçilik qiliş uçun yetarliça ovoz töpladi. Konstitutsiyaga köra, 2021 yil aprelga belgilangan umummilliy saylovlargaça aynan u prezident lavozimini egallaydi.

Sagasti bir hafta içida Peruning uçinçi prezidenti böladi. 15 noyabrda prezident lavozimini vaqtinça egallayotgan Manuel Merino prezidentlikka  qasamyod keltirgandan 5 kun ötib iste'foga çiqdi. Undan oldinroq esa Martin Viskarra poraxörlikda ayblanib, prezident lavozimidan çetlatilgandi. Biroq Viskarra ötkazayotgan islohotlari sababli köplab peruliklar tomonidan qöllab-quvvatlanadi. 

Kuzatuvçilarning fikriça, Jahon bankining sobiq xodimi bölgan Sagasti prezident lavozimida Peruda barqarorlikka erişiş kabi jiddiy muammoga töqnaş keladi. Hozirda Peru koronavirus pandemiyasidan jiddiy jabr körgan va 100 yil içidagi eng yomon iqtisodiy holati tomon yaqinlaşmoqda.