Sudanda moddiy-texnika ta'minoti punktini oçiş taklifini Rossiya hukumati bildirgan. Avvalroq Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin Sudanda harbiy baza taşkil etilişini közda tutuvçi kelişuv loyihasini ma'qullagandi.
Hujjatga köra, obektda köpi bilan 300 nafar rossiyalik harbiy va 4ta harbiy kema joylaştiriladi. Şu bilan birga, tomonlar roziligi bilan harbiylar soni oşirilişi mumkin.
Afrikaning hudud böyiça eng yirik davlati hisoblangan Sudan baza qurilişiga rozilik bergan. Bu yerda kemalar ta'mirlanişi va zaxiralar bilan töldirilişi mumkin.
Kelişuv 25 yilga tuzilgan va çeklanmagan marta 10 yillik davrlarga uzaytirilişi mumkin.
Kelişuvda ta'kidlanişiça, Rossiya uçun sovuq uruş vaqtidan beri Afrikada birinçi harbiy baza oçilişi “mintaqada tinçlik va barqarorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan, mudofaa maqsadlariga ega va boşqa davlatlarga qarşi qaratilmagan”.
Sudan buning evaziga Rossiya quroli va harbiy texnikasini bepul olişi mumkin.
2018 yil dekabrda Rossiya xorijda 6ta harbiy bazaga egaligi, ulardan 5tasi yaqin xorijiy davlatlarda va bittasi Suriyada joylaşgani ma'lum qilingan. Ma'lumotlarga köra, Suriyadagi Hmaymim aviabazasida Rossiya qurolli kuçlarining 555-aviaguruhi, Abxaziyada 7-harbiy bazasi, Janubiy Osetiyada 4-harbiy bazasi, Armanistonda 102-harbiy bazasi, Tojikistonda 201-harbiy bazasi va Qirğizistonda 999-aviabazasi joylaşgan.












