Majlis davomida deputat Rasul Kuşerbayev mahalliy budjetlarda orttirilgan mablağ hisobidan jamoatçilik fikrini hisobga olgan holda kamida 10 foizini sohalarga yönaltirilişi kerakligi, lekin sönggi vaqtlarda orttirilgan mablağ hisobidan hokimlar, boşqa taşkilotlar qimmat avtomobillar olişga zör berib ketişayotganini ta'kidlab ötdi.
«Bu yerda jamoatçilik fikri qançalik hisobga olinyapti? Yoki jamoatçilik hokimlarimiz qimmat maşina olsin, degan taklifni beryaptimi?» – deya söradi Kuşerbayev.
Bunga javoban moliya vaziri Timur Işmetov söz oldi.
«Mahalliy budjetlarning ortib bajargan qismining 10 foizini fuqarolar fikrini eşitgan holda işlatilişi tartibi belgilangan. Buning uçun Moliya vazirligi Oçiq budjet portalini ham işga tuşirgan. Iş boşlangan, bizning fikrimizça, afsuski, biz kutgan darajada ijobiy natija bergani yöq. Hali bu böyiça köp özgarişlar qiliş kerak.
Bu yil böyiça aytadigan bölsak, yaqinda ikkinçi çorak yakunini tahlil qildik (uçinçi çorakni endi tahlil qilmoqçimiz). Ikkinçi çorakni tahlil qilganda, orttirib bajarilgan mahalliy budjetlarga qolgan qismining 10 foizini, özida qolgani 200 mlrd sömdan ortiqni taşkil qilgan bölsa, 20 mlrd sömini fuqarolar bilan fikrlaşib, ularning fikrini olib, işlatişi kerak bölgan. Aslida buning yarmini, 10 mlrd sömini şu tarzda işlatgan.
Buni, pandemiya natijasida hokimliklar mablağlarning bir qismini pandemiyaga qarşi kuraşiş tadbirlariga işlatgani (dori-darmon olib bergan, oziq-ovqat, boşqa yönalişlar) bilan izohlaş mumkin», – dedi Timur Işmetov.
Vazir pandemiya paytida mahalliy hokimliklarning qimmat avtomobillar xarid qilişiga tanqid nazari bilan qaraşini ta'kidladi. Şu bilan birga, budjet mablağlarini idora qilişda nomarkazlaştiriş siyosati davom ettirilişini qayd etdi.
«Bunday inqiroz, pandemiya paytida mahalliy hokimliklar, barça davlat idoralari xarajatlarini nafaqat qonuniy nuqtayi nazaridan, balki mantiq, fuqarolarning hayot tarzidan kelib çiqqan holda ham amalga oşirsa, töğri bölardi, deb hisoblayman. Bunga juda ham tanqid bilan qaraymiz.
Siz kötargan masalalar – oçiqlik siyosatining mahsuli. Fikrimizça, borgan sari mahalliy budjetlarga, vazirliklarga budjet xarajatlarini amalga oşiriş böyiça mustaqillik berib boramiz. Bitta vazirlik buni nazorat qilişining imkoni yöq. Har bir sömni, qayerga va qança işlatiş mumkinligini yozib çiqiş – bu orqaga qaytiş böladi. Budjet xarajatlarini bitta vazirlik hal qilişi tariximizda salbiy oqibatlarga olib kelgan.











