Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati uşbu kasallikdan qanday saqlaniş, uni aniqlaş va davolaş usullari haqidagi savollarga tibbiyot fanlari doktori, professor Feruza Hamrabayevadan javob oldi.

— Oşqozon yarasi paydo bölganini qanday aniqlaş mumkin?

 — Oşqozon yarasi paydo bölganda köpinça qorinning yuqori qismida oğriq kuzatiladi. Alkogolli içimliklar va aççiq oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qiliş yoki jismoniy oğir işlarni bajarganda bu oğriq yanada kuçayadi. Oğriq kuzatilgan zahoti şifokorga murojaat qiliş zarur. Şifokorlar esa bemorning boşqa alomatlariga tayangan holda oşqozon yarasi borligi taşxisini qöyib, uni aniqlaş böyiça zarur tekşiruvlarni ötkazadi.

Bundan taşqari, jiğildon qaynaşi — bemorlar eng köp şikoyat qiladigan belgilardan biri. U odatda ovqatlangandan bir-bir yarim soat keyin sodir böladi. Şuningdek, oğiz böşliğida aççiq yoki nordon ta'm sezilişi, qayt qiliş, qorin dam bölişi kabilar ham kasallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi.

— Oşqozon yarasini qanday davolaş usullari bor?

— Uşbu kasallikni faqat bitta muayyan dori yordamida davolab bölmaydi. Yondaşuv kompleksli bölişi, şuningdek, me'da şirasining kislotaliligini kamaytiriş talab etiladi, bu juda köp yoqimsiz alomatlarni (ayniqsa, jiğildon qaynaşi, kekiriş va köngil aynişi) bartaraf etib, asoratlar rivojlanişiga tösqinlik qiladi.

Ayni kunda mazkur kasallikni davolaşning yana bir usuli jarrohlik amaliyoti bölib, bu — yaralarning joylaşişi, kelib çiqiş sababi va holatiga köra, uşbu a'zoning ma'lum bir qismini operativ yöl bilan rezeksiya qilişdan (kesib olib taşlaş) iborat.

Operatsiya qilişning ikki yöli bor. Ulardan biri Palliativ vaqtinçalik jarrohlik amaliyoti bölib, keksa, nimjon va ahvoli oğir bemorlarda ötkaziladi. Radikal operatsiya amaliyoti esa yara joylaşgan soha soğlom töqimaga qadar kesib olinib, bemorning bu darddan butkul qutulişiga imkon yaratadi. Hozirgi paytda bunday jarrohlik uslubi yaxşi işlab çiqilgan.

— Kasallikdan saqlaniş uçun nima qiliş kerak?

— Oşqozon yarasi paydo bölişiga töğri ovqatlanmaslik, uzoq vaqt oç yuriş, inson salomatligiga zarar yetkazuvçi mahsulotlarni iste'mol qiliş hamda kuçli stress holatini boşdan ötkaziş ham sabab bölişi mumkin. Şu bois, soğliq uçun zararli mahsulotlar, hazm bölişi oğir bölgan öta yoğli, xom pişirilgan taomlardan saqlaniş kerak.