Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pfizer koronavirusga qarshi vaksinasi 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma'lum qildi
Vaksinaning nojo‘ya ta'sirlari kuchli charchoq (3,8 foiz kishida) va bosh og‘rig‘i (2 foiz) bo‘lganligi aytilmoqda.
Amerikaning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksinasi klinik tadqiqotlarning yakuniy bosqichida 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma'lum qildi.
Kompaniya bir hafta avval vaksina samaradorligi 90 foizni tashkil etganligini bildirgandi.
Tadqiqotda 43 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Ularning 170 nafarida vaksinatsiyadan so‘ng koronavirus yuqtirish holati aniqlangan.
Vaksinaning nojo‘ya ta'sirlari kuchli charchoq (3,8 foiz kishida) va bosh og‘rig‘i (2 foiz) bo‘lganligi aytilmoqda.
16 noyabr kuni Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan vaksina samaradorligi 94,5 foizni tashkil etganligini ma'lum qilgandi.
Pfizer va Moderna vaksina sinovlarining uchinchi, yakuniy bosqichini iyul oxirida boshlagan.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026