Keça Toşkent köçalarida avtomobilda harakatlaniş haqiqiy sinovga aylandi. Köçalar tirbandliklarga töldi, yöl-transport hodisalari karrasiga oşdi, yöllar yaxmalakka aylandi. Bunday paytda hammaning öy-xayolidan bir fikr ötdi –qanday qilib vaziyatdan çiqib ketiladi?

Şunday paytda poytaxt kommunal xizmatlari ham öziga xos imtihondan ötdi. Barça kuçlar mavjud vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş safarbar qilindi. Yöllarga qum sepildi, eng katta tirbandliklar, avariyalar kuzatilgan hududlarga yordam kuçlari yetkazildi.

Hamma uxlaganda, aksariyat avtomobillar manziliga yetib borganda ham iş töxtamadi.
Poytaxtda faoliyat yurituvçi quyidagi taşkilotlar:
- Obodonlaştiriş boş boşqarmasi;
- “Maxsustrans” DUK;
- “Toşissiqquvvati” DUK;
- Toşkent şahar suv ta'minoti korxonasi;
- Toşkent issiqlik markazi;
- “Toşşaharnur” DUK;
- “Poytaxtgaz”;
- Elektr tarmoqlari korxonasi;
- Tuman hokimliklari kommunal xizmat körsatiş xodimlari;
- Transport boşqarmasi;
- Toşkent şahar kanal va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi;
- Şahar sun'iy inşootlardan foydalaniş boşqarmasi;
- Markaziy maydonlarni obodonlaştirişga ixtisoslaşgan boşqarma özlarining eng yetakçi xodimlari bilan bu jarayonda iştirok etdilar.



Sovuq ob-havo saqlanib turibdi va taşkilotlarning mazkur yönalişdagi faoliyati davom etadi. Poytaxt ahli issiq uyda ötirgan paytida muzlagan qöllari bilan vaziyatni önglaşda, aholi harakatlanişidagi qiyinçiliklarning oldini olişda xizmat qilayotgan barça xodimlarga rahmat aytişning ayni fursati.












