Tinç okeanida joylaşgan mitti davlat Samoada koronavirusga çaliniş böyiça ilk holat qayd etildi.
Orol davlat boş vaziri Tuilaepu Sailele Maliyelegaoining ma'lum qilişiça, infeksiya Samoaga Yangi Zelandiyaning Oklend şahridan kelgan dengizçida aniqlangan.
Uning majburiy karantinni ötagan vaqtida topşirgan testi musbat çiqqan. Şu bilan birga, bemor yana bitta test topşirgan, biroq uning natijasi manfiy çiqqan.
“U standart tartibotga köra, darhol yakkalandi. Ikkinçi test ertalab soat 6da ötkazilgan va manfiy çiqqan”, deb ma'lum qilgan Samoa boş vaziri.
Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda bemor şifoxonada yakkalangan holda saqlanmoqda.
Samoa bungaça koronavirus qayd qilinmagan dunyodagi oz davlatlardan biri bölib qolayotgandi.












