Turnir jadvalining quyi poğonalarida esa haqiqiy intrigani köriş mumkin – 4 klub elitadagi örnini saqlab qoliş uçun «jang»ga şaylanmoqda.

Bu yilgi çempionatda «Qizilqum», «Surxon», «Andijon» va «Buxoro» Superligada qoliş uçun kuraş olib borayotgan bölsa, şulardan uçtasi «Andijon», «Qizilqum» va «Buxoro» 2019 yilda ham şu vazifani uddalaş uçun kuraşgandi. Bu yil autsayderlar safini «Surxon» töldirdi. Yakunda sönggi örinda qolgan klub Pro-ligaga tuşib ketsa, 13-örindagi jamoa Pro-ligada 2-örinni egallagan jamoaga qarşi safarda bir öyindan iborat pley-off bahsida maydonga tuşadi. Quyida jamoalarning bu boradagi imkoniyatlariga nazar taşlaymiz.

11. «Qizilqum» - 19 oçko

Taçmurod Agamurodovdan keyin yana Hamidjon Aktamov qöl ostiga ötgan «Qizilqum» ikkinçi davra oldidan öz tarkibini Ignatiy Nesterov, Erkin Boydullayev singari tajribali futbolçilar bilan kuçaytirganiga qaramay, mavsum boşida yöqotilgan oçkolar tufayli «xavfli zona»da qolmoqda. Qolaversa, «oltin izlovçilar» Superliga doirasidagi sönggi 5 öyinda bor yöği bitta ğalabaga erişdilar, 2 mağlubiyat, 2 durang. Oldinda esa ularni peşqadamlar safidan «Bunyodkor», autsayderlar qatoridan «Buxoro»ga qarşi töqnaşuv kutib turibdi. Tört klub orasida ligada qoliş uçun eng yaxşi imkoniyat aynan Navoiy klubida, deyiş mumkin.

Sönggi 4 turdagi öyini:

23-tur: «Buxoro» - «Qizilqum»
24-tur: «Qizilqum» - «Metallurg»
25-tur: «Söğdiyona» - «Qizilqum»
26-tur: «Qizilqum» - «Bunyodkor»

12. «Surxon» - 16 oçko

Uşbu mavsumda murabbiylar qönimsizligi va legionerlar masalasida moliyaviy muammolarga duç kelgan Termiz klubi nomdor tarkibiga qaramay, oxir-oqibat autsayderlar safiga tuşib qoldi. Yilni Bahrom Haydarov qöl ostida boşlagan termizliklar mavsum örtasida Ravşan Haydarovni boş murabbiy sifatida e'lon qilgan bölsalar-da, köp ötmay Ravşan Akmaloviç jamoada maslahatçi murabbiyga aylandi, Vladimir Andreyev esa jamoani boşlab tuşmoqda. Surxondaryo klubi oxirgi 5 öyinda faqat bitta bahsda ğalaba qozondi – sönggi turdagi «6 oçkolik öyin»da «Andijon» mağlub etildi. Oldinda esa termizliklarni oğir taqvim kutib turibdi. Jamoa 4 öyindan uçtasini safarda ötkazadi. 24-turdagi «Buxoro»ga qarşi bahsda klub Superligadagi örnini kafolatlaşi mumkin.