Tojikistonda koronavirus pandemiyasi sababli yangi yil bayrami bilan boğliq barça tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Onadölu agentligi xabar bermoqda.

Koronavirusga qarşi kuraş böyiça respublika ştabi bu borada tegişli qaror qabul qildi.

Ştab qaroriga muvofiq, mamlakat poytaxtidagi madaniyat boğlarida yangi yil arçalari örnatilmaydi.

Bayram kunlari aholi boğlar va madaniy istirohat maskanlariga himoya niqobi taqqan va ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda çiqişi mumkin.

 Tojikistonda yangi yil bayrami odatda keng nişonlanadi. Yangi yil arafasida mamlakatdagi barça maydon va boğlarda yangi yil arçalari örnatilib, bayram tadbirlari ötkaziladi.

Ma'lumotlarga köra, Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 11,7 mingdan oşgan, 86 kişi vafot etgan.