Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida mudhiş qotilliklar sodir etilgani haqida turli miş-mişlar kezib yuribdi.

Şu bois biz Farğona viloyati prokuraturasi bilan boğlanib, Quva tumanida sodir etilgan jinoyatlar sabablarini bilişga harakat qildik. Prokuratura rahbariyati jinoyat işlariga oid ma'lumotlarni taqdim etdi.

Birinçi qotillik

2020 yil 5 noyabr kuni soat 19:00larda Quva tumani, Sanoatçilar MFY, Pastki Begobod köçasi, 55-uyda yaşagan 49 yoşli ayolning murdasi yaşaş xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Ma'lum bölişiça, 5 noyabr kuni soat 16:00larda fuqaro M.A. özining turmuş örtoği boşqa erkaklar bilan işqiy munosabatda bölib kelayotganidan şubhalanib, u bilan raşk tufayli janjallaşgan. Janjal paytida er ayolining çap bilak sohasi va böyin qismiga oşxona piçoği bilan tan jarohati yetkazib, qasddan öldirgan.

Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasida marhumaning böyin sohasida köndalang joylaşgan, uzunligi 10 sm bölgan, tubi muşaklar bilan çegaralangan hamda çap bilak kaft böğini içki yuzasida qon tomirlari va paylari şikastlanib kesilgan jarohatlar, şuningdek, yuz, kökrak, qorin, ikkala oyoq sohalarida köplab qontalaş izlar aniqlangani körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga şu modda bilan ayb e'lon qilinib, ehtiyot çorasi tariqasida qamoqqa olingan.

Hozirda ayblanuvçining ruhiy holatini tekşiriş maqsadida unga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ikkinçi qotillik

Şu yil 7 noyabr kuni soat 11:00larda Quva tumani, Ittifoq MFY, Tojmahal köçasi 40-uy oldida 59 yoşli M.Q.ni 44 yoşli qöşnisi A.A. özining voyaga yetmagan qiziga tegajoğlik qilganlikda gumon qilib döpposlagan. Unga öğli M.A. yordam bergan. Şu vaqtda M.Q. özining 29 yoşli öğli A.Z.ga telefon qilib, uni qöşnilari urayotganini aytib, yordamga çaqirgan.

Mazkur çaqiruvga asosan A.Z. “Matiz” rusumli avtomaşinasida Ittifoq MFY Tojmahal köçasiga yetib kelib, otasini qöşnilari A.A. va M.A. urayotganini körib, oilasi bilan bir neça kunlardan buyon davom etib kelayotgan adovat zamirida qasddan öldiriş maqsadida avtomaşina tezligini oşirib, A.A. va M.A.lar turgan tomonga qarab bostirib borib, A.A, uni yonida bölgan özining otasi M.Q. hamda janjalning oldini olmoqçi bölgan 35 yoşli qöşnisi I.B. hamda 61 yoşli F.N.larni urib yuborgan.