Öyinning 6-daqiqasida Dostonbek Hamdamov hisobni oçgan bölsa, 81-daqiqada Dragan Çeran farqni ikkitaga oşirdi. 85-daqiqada esa qöqonliklar Murod Xolmuhammedovning penaltidan kiritgan goli evaziga farqni qisqartirdi – 2:1.

Şota Arveladze jamoasi Superliga yakunlanişiga 3 tur qolganida oçkolar sonini 59taga yetkazib Superligada 1-örinda bormoqda. «Nasaf» hisobida esa 46 oçko bor. Qolgan uç öyindagi maksimal natija ham «Paxtakor»ni çempionlikdan mahrum qila olmaydi. 

«Paxtakor» jamoasi joriy yilgi muvaffaqiyati bilan 13 karra Özbekiston çempioniga aylandi. Toşkent jamoasi 1992 yildan buyon Özbekiston milliy çempionatlarida 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019 yillarda boş sovringa ega çiqqan edi. 

Şuningdek, «şerlar» 6 marta (1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 yillar) kumuş medaliga ega çiqqan bölişsa, 2 marta (2011, 2017 yillar) bronza medali sohibiga aylangan.

Ma'lumot uçun, Özbekiston çempionligi «Paxtakor» jamoasiga navbatdagi mavsumda ham Osiyo Çempionlar ligasida iştirok etiş huquqini beradi.

Superliga. 23-tur. 20 noyabr.
«Paxtakor» - «Qöqon-1912» - 2:1
Hakam: Vadim Agişev
Gollar: Dostonbek Hamdamov 6, Dragan Çeran 81 - Murod Xolmuhammedov 85 pen.

«Paxtakor»: 25.Eldor Suyunov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Yegor Krimets (23.Şerzod A'zamov, 40), 4.Akramjon Komilov, 34.Farrux Sayfiyev, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxöjayev (7.Sadriddin Abdullayev, 67), 17.Dostonbek Hamdamov (28.Diyor Xolmatov, 85), 10.Dragan Çeran, 8. Asadbek Sobirjonov (18.Hojimat Erkinov, 67), 11.Igor Sergeyev.

«Qöqon-1912»: 1.Botirali Ergaşev, 3.Bobur Akbarov, 10.Quvondiq Röziyev (17.Muzaffar Muzaffarov, 71), 13.Sardor Azimov, 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov (91.Yakuba Bamba, 71), 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov (4. Sobit Sindarov, 86), 33.Ivan Yosoviç, 69.Filipp Rayyevats (19.Hamidillo Abduxamidov, 83), 70.Murod Xolmuhammedov.