Tribuna.uz sayti manbasiga köra, Özbekiston Superligasi uçraşuvlarida faoliyat olib borayotgan bir qator boş hakamlar Superliga öyinlari natijasiga atayin ta'sir körsatiş, uçraşuv oldidan klub vakillari bilan aloqaga çiqib, öyinda jamoaga yordam beriş masalasida kelişiş, pora oliş kabi qinğir işlarga qöl urişda gumon qilinmoqda. 

Vaziyatdan xabardor manbaning aytişiça, bir neça yildan buyon Superliga öyinlarini boşqarib kelayotgan va tamagirlikda gumon qilingan hakamlar va şaxslar sönggi ikki yil davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan kuzatib kelingan. Töplangan dalil va isbotlar asosida gumondorlar söroq qilinmoqda. 

Ma'lumot uçun, Professional futbol ligasi tomonidan ötkaziladigan milliy çempionat va kubok öyinlariga Özbekiston futbol assotsiatsiyasi qoşidagi Hakamlar departamenti tomonidan hakam va nazoratçilar tayinlanadi. 

Tekşiruvlar yakuniga yetgaç, bu haqda töliq rasmiy ma'lumotlar berilişi kutilmoqda.