YeI yetakçilarining 10 dekabrda bölib ötadigan sammiti kun tartibidan Turkiya mavzusi ham örin olgan. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel YeIga a'zo mamlakatlar vakillari bilan ötkazilgan videokonferensiyada ma'lum qildi.

«Albatta, biz voqealar rivojini kuzatişimiz, şundan söng qaror çiqarişimiz lozim. Hozirça faqat bir narsani aytişim mumkin, hammasi biz xohlagandek ketmayapti»,- dedi u.

Merkel şuningdek, Vengriya va Polşaning YeI budjeti va koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga qarşi kuraşiş böyiça dasturga nisbatan qöygan vetosiga ham töxtalib ötdi.

 «Bu hal qiliş kerak bölgan juda jiddiy muammo»,- dedi Germaniya kansleri.

Avvalroq YeI Kengaşi Turkiyaning Örta yer dangizida burğulaş işlarini olib borganiga javoban kiritilgan sanksiyalarni 2021 yil 12 noyabrgaça uzaytirgandi.

 Bryusselning eslatişiça, Şarqiy Örta yer dengizida noqonuniy burğulaş işlarini olib borişga qarşi sanksiyalar kiritilişi YeI Kengaşining 2019 yil 14 oktyabrdagi xulosasiga asoslangan.

 Turkiya YeIning bu pozitsiyani inkor qilib kelmoqda. Anqara Gretsiya özining alohida iqtisodiy hududi deb hisoblaydigan suvlarda neft-gaz razvedkasini olib bormoqda. Kipr ham Turkiyaga nisbatan e'tiroz bilan çiqqan.