– Şerzod Hikmatullayeviç, siz bilan energetika muammolari haqida bir neça marta suhbatlaşganmiz va har safar elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi muttasil ortib borayotganini ta'kidlagansiz. Lekin bugungi vaziyat butunlay boşqaça manzarani körsatmoqda.
– Suhbatimiz boşidanoq bir gapni aytib qöyay – ayni paytda men qanday axborot bermayin, özimni va tizimni oqlaşdek tuyuladi va buni töğri tuşunaman. Endi bevosita savolingizga kelsak, çindan ham işlab çiqariş hajmi uzluksiz oşib bormoqda. Ammo şu bilan birga iste'mol ham ortib ketyapti va tan olişimiz kerak, biz bu öziga xos poygada qisman ortda qolyapmiz. Bugungidek sovuq kunlarda bu ayniqsa sezilyapti.
Kuni keça parlamentda bölib ötgan budjetga oid yiğilişda ham bu töğrisida ma'lumot berdim. Joriy yilning ötgan 9 oyi mobaynida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 5 foizga ortgan. Holbuki, bu yilgi belgilangan davrning katta qismi karantin vaqtiga, ya'ni köp joylar işlamagan paytlarga töğri keldi. Şu kunlardagi iste'mol ötgan yilning mos davridan 10 foiz yuqori va şunda ham köp xonadonlarning elektr ta'minoti çeklanmoqda.
– Iste'mol ortib borişi tuşunarli, aholi soni köpaymoqda, işlab çiqariş ortmoqda. Özingiz aytganday, bu öziga xos poygada ortda qolmaslik uçun nimalar qilinyapti?
– Iste'mol ortişini hisobga olib, oldimizga bir qator vazifalarni belgilab olganmiz. Xususan, investitsiya loyihalari doirasida yil yakuniga qadar jami 1250 megavatt yangi elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlari işga tuşiriladi.
Bugungi kunda şundan 878 megavattli energobloklar foydalanişga topşirildi.
Jumladan, Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasida 450 megavattli ikkinçi, Taxiatoş issiqlik elektr stansiyasida 280 megavattli birinçi buğ-gaz qurilmalari hamda 73 megavattli gidroelektr stansiya agregatlari tizimga ulandi.
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida oltinçi energoblokning quvvati 75 megavattga oşirildi.
Qolgan 372 megavattga teng quvvatlar yil yakuniga qadar foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, Taxiatoş issiqlik elektr stansiyasida birinçi 280 megavattli buğ-gaz qurilmasi, Farğona issiqlik elektr markazida 17 megavattli gaz turbina qurilmasi, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida beşinçi energoblokning modernizatsiya işlarini yakunlaş natijasida quvvati 75 megavattga oşiriladi.







