Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga qarshi emlash qachon boshlanishi mumkinligi ma'lum qilindi
Foto: RIA "Novosti"
AQShda koronavirusga qarshi emlash 11 dekabrdan boshlanishi mumkin. Bu sanani AQSh prezidenti Donald Trampning vaksinalar bo‘yicha maslahatchisi Monsef Slaui ma'lum qildi.
Slauining ta'kidlashicha, 10 dekabrga AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifati bo‘yicha sanitar nazorat boshqarmasining maslahatlashuv qo‘mitasi yig‘ilishi belgilangan. U ushbu yig‘ilishda vaksina qo‘llanishi ma'qullangandan keyin 24 soat ichida uni emlash o‘tkaziladigan joylarga yuborish imkoni paydo bo‘lishiga umid bildirgan.
“Shu sababli men emlash vaksina ma'qullangandan ikki kun ichida – 11 yoki 12 dekabrda boshlanishini kutmoqdaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Trampning maslahatchisi.
Avvalroq AQShning Moderna farmatsevtik kompaniyasi bosh direktori Stefan Bansel kompaniya ishlab chiqqan vaksinaning narxini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, vaksinaning bir dozasi narxi Yevropa davlatlari uchun buyurtma hajmidan kelib chiqib 25 dollardan 37 dollargacha turadi.
Kompaniyaning koronavirusga qarshi vaksinasi mRNA-1273’ning uchinchi bosqich sinovlari vaksinaning 94,5 foizga samarali ekanini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
20:39 / 16.01.2026
Grenlandiya necha pul turadi?
16:57 / 16.01.2026
“AQShning Eronga dushmanligi eng avj nuqtasiga chiqdi” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi bilan suhbat
14:41 / 16.01.2026