12:54 / 24.11.2020
4455

Toshkentda bojxonachilar biologik faol qo‘shimchalar ichida kokain olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslarni to‘xtatdi

Toshkent shahar shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

«Tadbir davomida «Boshpochtamt» TIF bojxona postida xorijdan O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi fuqaro U.M nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Jo‘natmalardagi «BCAA 1000 caps» nomli biologik faol qo‘shimchalarning «Rengent» qurilmasidagi tasvirlari ko‘zdan kechirilganda, undagi 47 dona kapsulaning zichligi va kapsulalarning qadog‘i buzilganligi bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Shundan keyin, ushbu 47 dona kapsuladan bir donasi ixtiyoriy ravishda tanlab olinib, narkotester yordamida tekshiruvdan o‘tkazilganda, kapsula ichidagi oq va nam holdagi kukunsimon modda tarkibida «kokain» giyohvandlik vositasi borligi to‘g‘risidagi belgi berdi», deyiladi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, 47 dona kapsula tarkibida 49,16 gramm «kokain» giyohvandlik vositasi borligi ma'lum bo‘lgan.

Yana bir holatda xorijdan kelgan yana bir pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, jo‘natmalardagi «BCAA 1000 caps» nomli biologik faol qo‘shimchalarning rentgen qurilmasidagi tasvirlari ko‘zdan kechirilganda, undagi 75 dona kapsulada jami 76,56 gramm miqdorda «kokain» giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top