«Yiğilişda joylarda infratuzilmani yaxşilaş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Rivojlanişdan orqada qolayotgan 22ta tuman uçun investitsiya dasturi doirasida 264 milliard söm, boşqa hududlar uçun qöşimça 736 milliard söm yönaltirilişi qayd etildi.
Iş örinlari taşkil etiş, tadbirkorlar muammolarini hal qiliş va ularni qöllab-quvvatlaş borasida özibölarçilikka yöl qöygan Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etiş masalasi qöyildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şuningdek, Yozyovon, Uçtepa, Şofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlarni köpaytiriş böyiça işlar tanqid qilingan.
Ma'lumot uçun, Buxoro tumaniga 2019 yil martidan buyon Qahramon Bozoroviç Dustov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Jondor tumaniga 2018 yil martida Kamol Röziyeviç Kamalov hokim bölgandi. 2020 yilnng oktyabrida Jondor tumani prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida 33ta «qoniqarsiz» tumanning biri sifatida tilga olingan, keyinroq Kamol Kamolov özgarişga va'da berib, «qoniqarsiz» tuman uçun aholidan uzr söragandi. 2020 yil noyabr oyi boşida esa Özbekiston boş prokurori Niğmatulla Yöldoşev Jondor tuman hokimi 2020 yil 16 maydagi qarori bilan örinbosarining yaqin qarindoşiga 100 gektar yer maydonini çorvaçilik yönalişida, garçi yetarli çorvasi bölmasada, noqonuniy ajratib bergani haqida ma'lum qilgandi.
Sirdaryo tumaniga 2018 yil 16 fevraldan buyon Alijon Rahimberdiyeviç Muhamadiyev hokimlik qilib kelayotgandi.












