24 fevral kuni Buxoro viloyatining Jondor va Qorovulbozor tumanlarida hokimlar özgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
Jondor tumanida Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Unda taşkiliy masala körilib, Jondor tumani hokimi Baraka Sottoroviç Tolipov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Uning örnini şu vaqtgaça Qorovulbozor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgan Kamol Röziyeviç Kamalov yangi hokim etib tayinlandi.
Xuddi şu kuni Xalq deputatlarining Qorovulbozor tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda ham taşkiliy masala körildi.
Tumanning sobiq hokimi Kamol Kamolov boşqa lavozimga ötgani munosabati bilan uning örniga şu paytga qadar Buxoro viloyat «Özagrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Akmal Anvaroviç Ostonov Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi.

Akmal Ostonov 1998-2002 yillarda Buxoro davlat universitetida öqigan, 2002-2004 yillarda Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi. U 2004-2007 yillarda — «Buxoroagromaşservista’minot» işlab çiqariş şirkatida işçi bölib işlagan, 2007-2009 yyillarda — Buxoro viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiçi birinçi örinbosari kotibiyati referenti, yetakçi mutaxassisi, 2009-2014 yillarda — Buxoro viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari kotibiyati boş mutaxassisi, 2014-2015 yillarda — Buxoro viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari kotibiyati mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi, 2015 yili — Buxoro viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari kotibiyati mudiri, 2015 yildan — Buxoro viloyati «Qişloqxöjalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyati boşqaruv raisi sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.
















