Oktyabr oyi oxirida u tibbiy körikdan ötkaziş uçun şifoxonaga yotqizilgan, unda subdural gematoma aniqlangandi. Bunday gematoma odatda boş miya jarohati asoratlari natijasida paydo böladi. Yoş ötgandan keyin u surunkali gematomaga aylanişi mumkin.
Clarín naşri ma'lumotiga köra, noyabr oyi boşida uning miyasida jarrohlik amaliyoti ötkazilgan, unga 12 noyabr kuni javob berilgandi.
«Juda qayğuli xabar. Men yaxşi döstimni, dunyo afsonani yöqotdi. Hali köp narsa aytiş mumkin, lekin hozir oila a'zolariga sabr tilayman. Umid qilaman, bir kun osmonlarda birga töp teparmiz...», deb yozdi Maradonaning ölimi haqidagi xabarlardan keyin boşqa bir afsonaviy futbolçi, braziliyalik Pele.
Ole naşri xabariga köra, futbolçi tiklaniş jarayonini ötayotgan Buenos-Ayresdagi uyida özini yomon his qila boşlagan va olamdan köz yumgan.
Argentinada Maradonaning ölimi tufayli uç kunlik motam e'lon qilingan.
- Diyego Maradona futbolçilik faoliyati davomida «Barselona», «Napoli», «Sevilya» klublarida öynagan. 1977-1994 yillarda u Argentina terma jamoasi şarafini himoya qilib, 1986 yilgi jahon çempionatida ğolib bölgan, 1990 yilgi mundialda esa kumuş medallar bilan taqdirlangandi. U 1997 yilda, 37 yoşida futbolçilik faoliyatini yakunlagan.
- 2008-2010 yillarda terma jamoaga boş murabbiy bölgan. Keyinroq Meksika va BAAdagi klublarda boş murabbiy sifatida işlagan. U FIFA saytidagi ovoz beriş natijalariga köra XX asrning eng yaxşi futbolçisi sifatida tan olingandi.
- Diyego Maradona — qöl bilan urgan goli orqali yanada maşhur bölgan. 1986 yilgi jahon çempionatida Angliyaga qarşi öyin vaqtida argentinalik futbolçi raqib jarima maydonida havodan uzatilgan töpga sakragan va qöli bilan zarba bergan, uning bu harakatini hakamdan boşqa barça körgan va gol hisobga olingan.












