Reytingni tuziş ustida işlagan Manola Dargis va Entoni Skott uşbu röyxat “ba'zi kamçiliklar” sababli mojaroli va noxolis deb qabul qilinişi mumkinligini aytişgan.
Reytingning 1-örnini aktyor Denzel Vaşington egalladi. Jurnalistlar uni “ekran titani” deb ataşgan.
“U raqobatdan taşqari. Ekran titani va şu bilan birga eski maktabning jiddiy sahna tayyorgarligiga va kinoyulduzga xos yorqin jozibaga ega ziyrak va nafis usta. U Şekspir va Avgust Uilson asarlari qahramonlari, yovuzlar va jasur kişilar rollarini ijro etişni birdek mahoratli uddalaydi. U oddiy yigitlar rolini qoyilmaqom ijro etadi”, deb yozgan Entoni Skott.
Şuningdek, yuqori beştalikka fransuz aktrisasi Izabel Yupper, britan-irland aktyori Deniyel Dey-Lyuis, amerikalik aktyor Kianu Rivz va aktrisa Nikol Kidman kiritilgan.
Röyxatga, şuningdek, janubiy koreyalik aktyorlar Son Kan Xo va Kim Min Xi, xitoylik aktrisa Çjao Tao, italiyalik aktyor Toni Servillo, fransuz aktrisasi Katrin Denyov, britaniyalik aktrisa Tilda Suinton, amerikalik aktyor Xoakin Feniks va aktrisa Julianna Mur kiritilgan.
Töliq reyting quyidagiça köriniş olgan.
1. Denzel Vaşington
2. Izabel Yupper
3. Deniyel Dey-Lyuis
4. Kianu Rivz
5. Nikol Kidman
6. Son Kan-xo
7. Toni Servillo
8. Çjao Tao
9. Viola Devis
10. Sirşa Ronan
11. Julianna Mur
12. Xoakin Feniks
13. Tilda Suinton
14. Oskar Ayzek
15. Maykl B. Jordan
16. Kim Min-xi
17. Elfri Vudard
18. Uillem Defo
19. Ues Styudi












