Maşhur «Uyda yolğiz» filmida Kevin Makkalisterning onasi rolini ijro etgan aktrisa Ketrin ÖXara 71 yoşida vafot etdi. Bu haqda Variety jurnaliga uning menejeri xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, aktrisa 30 yanvar kuni Los-Anjyelesdagi uyida vafot etgan. Aktrisaning ölimi sababi ma’lum qilinmagan.
Ketrin ÖXara 1954 yil 4 martda Toronto şahrida tuğilgan. Faoliyatini 1970-yillarda multfilmlarga ovoz berişdan boşlagan. Aktrisa teleekranlarda ilk bor 1979 yilda «Canada After Dark» şousi orqali köriniş bergan.
1976 yilda The Rimshots filmida töliq rol ijro etgan aktrisa 1985 yilda «Işdan söng», 1988 yilda «Bitljus» filmlarida iştirok etgan.
Ammo Ketrin ÖXara «Uyda yolğiz» filmida Kevinning onasi Keyt Makkallister roli orqali maşhurlikka erişgan. U «Emmi», «Oltin globus» va ikki marta Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotini olgan.












