Oksford universiteti işlab çiqqan AstraZeneca vaksinasi sinov vaqtida yöl qöyilgan xatolar sababli uning samaradorligi natijasi notöğri bölişi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Britaniya vaksinasi yakuniy sinovlarda örtaça 70 foiz hamda maksimal 90 foiz samaradorlik körsatgan.
Maksimal samaradorlik dastlabki emlaşda kamroq doza qabul qilganlarda qayd etilgan. Keyinroq kompaniya dozaning kamligi işlab çiqariş jarayonidagi xato tufayli yuz berganini bildirgan.
Bundan taşqari, keyinçalik ma'lum bölişiça, yuqori samaradorlik qayd etilgan guruhdagilar faqat kiçik yoşdagi odamlar bölgan. Bu ma'lumot AstraZeneca va universitet xabarida aytilmagan.
Bloomberg tahlilçisi Sem Fazelining aytişiça, samaradorlikdagi farq sinov uçun tanlov demografiyasidagi tafovut natijasida kelib çiqqan.
Uning sözlariga köra, vaksinaning haqiqiy samaradorligi hozirça noaniq.
Avvalroq britaniyaliklarning vaksinasi sezilarli darajada arzonligi hamda uni dunyoning istalgan burçagiga osonlik bilan yetkazib beriş mumkinligi aytilgandi. Işlab çiqaruvçilarning ma'lum qilişiça, vaksinani Tselsiy böyiça 2-8 darajada saqlaş va yetkazib beriş mumkin, vaksinatsiya jarayoni esa alohida şaroitlarni talab qilmaydi.













