Haqdorning haqini bermaslik – na vijdonga, na qonunga töğri keladi. Ammo Yoshlar ittifoqi uçun bu qadriyat begonadek körinmoqda.

Siz suratlarda körib turgan uşbu bino qurilişida önlab usta-quruvçilar qatnaşgan. Ğişt teruvçi, çilangar, suvoqçi, eşik-rom ustasidan tortib elektrikkaça. Ularning ham oilasi, bola-çaqasi bor. Ular rözğor tebratiş dardida şu qurilişda işlagan edi. Ammo...

«Haqimni undirişga sud qarori ham yordam bermasa...»

Jizzax viloyati markazidagi Yoshlar markazini quriş va rekonstruksiya qiliş bilan «Jizzax Real qurilish ta’mir» MÇJ şuğullangan. Binoning qurib-bitkazilib, foydalanişga topşirilganiga ham qariyb bir yil bölyapti.

Obektning jami qiymati 14 mlrd 343 mln sömni taşkil etadi. Uşbu summaning 5 mlrd 446 mln sömi quruvçi tadbirkorga tölab berilgan xolos. Qariyb 9 mlrd sömni undirolmay quruvçining joni halak.

Bu orada bir neça marta ittifoq bilan sudlaşişga va haqligidanki yutib çiqişga ham ulgurdi. Bu haqda Kun.uz joriy yil may oyida, «Yoshlar ittifoqi quruvçi tadbirkorning 10 mlrd söm haqini bermayapti» sarlavhali maqola ham e'lon qilgan edi.

Dastlab korxona Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga «Yoshlar qurilish invest» MÇJdan 10 mlrd 473 mln söm mablağni undiriş böyiça da'vo arizasi kiritadi. Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 28 fevraldagi hal qiluv qarori bilan da'vo talablari qanoatlantiriladi va «Yoshlar qurilish invest» MÇJdan «Jizzax Real qurilish ta’mir» MÇJ foydasiga 10 mlrd 473 mln söm asosiy qarz va 160 mln söm penya undiriş belgilanadi.

Ammo javobgar tomon qarordan norozi bölib sudga kassatsiya tartibida şikoyat kiritadi. Kun.uz muxbiri mazkur sud jarayonlarini bevosita kuzatdi.

Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi va «Yoshlar qurilish invest» MÇJ vakillari sudga iltimosnoma kiritib, bajarilgan işlar böyiça jami summaga e'tirozlari borligini, qurilish işlari böyiça nazorat ölçovi tayinlaşni, nazorat ölçovi qançaga xulosa qilsa, öşança summani tölab berişga tayyor ekanliklarini bildirişgan.