Sönggi yillarda yoşlarga oid davlat siyosatini izçil va samarali amalga oşiriş, yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ayniqsa yoshlar zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallaşi uçun munosib şaroitlar yaratilmoqda. Sir emaski, uşbu maqsadlarni röyobga çiqariş yölida Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşiga har yili davlat budjetidan bir neça yuz milliardlab mablağlar ajratilmoqda.

Biroq, tahririyatga kelib tuşgan navbatdagi murojaatda Yoshlar ittifoqi mas'ullarining beparvoligi va insofsizligi, şuningdek sohaga ajratilayotgan mablağlarning maqsadli işlatilmayotgani natijasida tadbirkorga 10 mlrd sömdan ortiq zarar yetib, yuzlab oilalar maoşsiz qolib ketgani bayon etiladi.

«Jizzax Real qurilish ta’mir» MÇJ direktori Şuhrat Sotvoldiyev

Prezident 2019 yil 31 yanvar kuni Jizzax viloyati faollari bilan bölib ötgan uçraşuvda Jizzax şahri markazida «Yoshlar markazi», amfiteatr va yoshlar istirohat boğini barpo etib, yoshlar böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratiş çoralarini köriş böyiça körsatma beradi.

Prezident raisligida ötkazilgan majlis bayoniga asosan, 2019 yil 19 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining 05/1-1398-sonli çora-tadbirlar rejasi va 2019 yil 31 may kuni Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi Ijroiya qömitasining 01-04/532-sonli qarori bilan manzilli dastur tasdiqlanadi.

«Jizzax Real qurilish ta’mir» MÇJ qiymati 14 mlrd 498 mln söm bölgan «Yoshlar markazi» binosini quriş va rekonstruksiya qiliş işlari uçun boş pudratçi etib tayinlanadi.

Şunga asosan, «Jizzax Real qurilish ta’mir» MÇJ va Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi qoşida oçilgan, ittifoqning qurilişga oid buyurtmalari bilan şuğullanadigan «Yoshlar qurilish invest» MÇJ örtasida tegişli pudrat şartnomasi tuzilib, qurilish işlari boşlab yuboriladi.

Ma'lumot uçun: Özbekiston Yoshlar ittifoqi Markazi kengaşi «Yoshlar qurilish invest» mas'uliyati çeklangan jamiyatining 100 foizlik uluşga ega ta'sisçisi hisoblanadi. Jamiyatning ustav fondi miqdori 1 mlrd sömni taşkil qiladi, amaldagi rahbari Xöjaxonov Abbosxon Usmon öğli, jamiyat 2017 yil 26 dekabrda davlat röyxatidan ötgan