Elektr energiyasi işlab çiqariş manbalari soni taraqqiyotning keyingi bosqiçida ortib borayotganligiga qaramasdan, jahonning köplab mamlakatlari, jumladan, Özbekistonda ham sohaning eng “oğir yuki”ni issiqlik elektr stansiyalari tortib kelmoqda. Yurtimizda jami elektr energiyasi işlab çiqariş hajmidagi issiqlik elektr stansiyalarining umumiy hissasi qariyb 85 foizni taşkil qiladi.

 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ommaviy axborot vositalari vakillarini Farğona va Namangan viloyatlarida sohada olib borilayotgan işlar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida press-tur taşkil qildi.

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevralda imzolangan PQ-2794 sonli qarori asosida «Farğona issiqlik elektr markazi» AJda va Farğona şahrida 7 mVt li va jamiyat hududida 17 mVt li yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalarini quriş belgilangan.

Press-tur iştirokçilari har ikki loyiha bilan yaqindan tanişdilar. Loyihaning asosiy maqsadi Özbekiston va Yaponiya davlatlari örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, yuqori samarali, tejamkor texnologiyalarni energetika sohasiga tatbiq etiş, hamda Farğona vodiysining elektr energiyasi, ayniqsa, Farğona şahrida joylaşgan sanoat korxonalarining issiqlik energiyasiga bölgan tanqisligini bartaraf etişdan iborat. Loyiha amalga oşiriş böyiça Farğona şaharda 7 mVt li gaz turbina qurilmasini quriliş montaj işlari muddatidan keçiktirmay tasdiqlangan reja jadvaliga asosan qurib bitkazildi va 2019 yilning dekabr oyida muvaffaqiyatli işga tuşirildi. Bugungi kunda kuz-qiş mavsumida yangi işga tuşirilgan gaz trubina qurilmasi Farğona şahar aholisiga issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berişni boşladi.


Jumladan, işlab çiqarilayotgan elektr energiyasi milliy elektr tizimiga va issiqlik energiyasini Farğona şahrining A.Qodiriy dahasida joylaşgan 3850 ta xonadondan taşkil topgan 78 ta köp qavatli uylarga uzluksiz yetkazib berilmoqda.    

«Işga tuşirilgan 7 mVtli gaz turbina qurilmasidan yiliga qöşimça 58400,0 ming kVt soat elektr energiyasi tarmoqqa uzatiladi va 63400.0 Gkal issiqlik energiyasini iste'molçilarga yetkazib berilişi közda tutilgan. Bu esa elektr energiyasini va issiqlik energiyasi işlab çiqariş uçun sarflanayotgan şartli yoqilği sarfining kamayişiga olib keladi. Bugungi kunda yangi yuqori samarali gaz turbina qurilmasiga xizmat qiliş uçun 37 ta yangi işçi örinlari yaratildi.