Hujum vaqtida avtomobil içida joylaştirilgan portlovçi qurilma harakatga keltirilgan. Buning oqibatida 20 harbiy halok bölgan.   

Şuningdek, Zabul viloyati poytaxti Qalat şahri yaqinida yana bir portlaş sodir etilgan. OAV ma'lumotlariga köra, ikkala holatda ham portlovçi qurilmalarni xudkuşlar harakatga keltirgan. Zabuldagi portlaşda 4 kişi, jumladan mahalliy kengaş raisi Otajon Haqbayon yaralangan. 

Ikkala hujum uçun ham heç kim javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

Afğonistonda AQŞ harbiylarining töliq olib çiqilişi va afğonlararo muzokaralar ötayotgani ortida mamlakatda hujumlar va teraktlar tez-tez sodir etilmoqda. 2 hafta avval Ğaznidagi turar joy hududlarining minomyotdan öqqa tutilişi oqibatida 8 kişi halok bölgandi, 7 kişi yaralangandi. Hukumat ma'lumotlariga köra, mamlakatda oxirgi 3 oy içida hujumlar oqibatida 200dan ortiq tinç aholi vakili halok bölgan, 400dan köproği yaralangan.