Qayd etilişiça, hozirda Koreya Respublikasiga migrantlarni yuboriş uçun faqat Taşqi mehnat migratsiyasi agentligida imkoniyat bor. Heç bir xususiy bandlik agentligi Koreya Respublikasining migrantlarni qabul qiladigan vakolatli organi bilan şartnomaga ega emas. Agarda xususiy bandlik agentliklari Koreyaning Inson resurslari markazi taşkiloti bilan şartnoma tuzib, ular qöygan talablarni bajarsa, qonunda heç qanday tösiq yöq.
“Lekin Koreya Respublikasining hukumatlararo kelişuvidagi talabi böyiça ular faqat biz bilan işlaydi. Bu degani kimgadir taqiq qöyilgan, biz monopolistmiz degani emas.
Bir narsa töğri qabul qilinişini sörardim. Xususiy bandlik agentligi bilan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bir xil vakolatga ega bölgan taşkilot.
Mana, 20ta xususiy bandlik agentligimiz qoldi. Ular Koreyadagi migrantlarni qabul qiladigan yagona vakolatli organ bilan şartnoma qila olsa, buni tekşirib, xalqqa e'lon qilişga tayyormiz”,- dedi agentlik boşliği.















