67 yoşli milliarder ma'lum muddat Rossiya boylari orasida yetakçilik qilgan. Dunyo boylari reytingiga ham muntazam kirib turadi. Xöş, Alişer Usmonov qanday qilib boylik orttirgan?
2005 yilga qadar Alişer Usmonov nomi jamoatçilikka unçalik ham taniş emasdi. 2000-yillarning boşi Rossiyada Abramoviç, Deripaska, Lisin, Potanin kabi milliarderlarning oltin davri edi (albatta, bu boyvaççalar hozir ham kambağallaşib qolişgani yöq). Aynan 2005 yilda Alişer Burxonoviç özining 2 mlrd dollari bilan Rossiya milliarderlari yigirmataligiga kirgan.
2008 yildagi jahon moliyaviy inqiroziga qaramay, 2012 yilda Usmonov 18,1 milliard dollar boyligi bilan Rossiya milliarderlari röyxatida mutlaq yetakçiga aylandi. U 2010 yilda ham 14-örinni egallab turgandi.
Ma'lumot uçun: Sönggi reytinglarga köra, Alişer Usmonov 18,3 mlrd dollar bilan Rossiya boylari orasida 5-örinni egallagan. Uning boyligi 2020 yil boşidan noyabr oyigaça 1,62 mlrd dollarga köpaygan va u reytingning yuqori öntaligiga kiruvçi milliarderlar orasida kapitali köpaygan yagona kişi bölgan.

Yana bir qiziq jihat: «Internet qit'alarni boğlab turgan kemaga öxşaydi» degan sözlar Alişer Usmonovga tegişli. Xöş, sizningça u bu sözlarni Facebook internet gigantiga sarmoya tikkan 2009 yilda aytganmi? Yöq! Bu sözlar aytilganida hali olis 2000 yil edi. Texnologik kompaniyalar dunyoni zabt etişi tezlaşgan bu davrda hammaning köz öngida Tsukerberg yoki Sergey Brin emas, Bill Geyts namoyon bölardi.
Ana endi sarlavhadagi savolga bevosita javob bersak böladi. Alişer Usmonov «Metalloinvest» kompaniyasining asosiy sarmoyadori bölgani uçun uni «metallçi boy» deb ataş bugungi kun nuqtayi nazaridan xato böladi. Albatta, dastlabki yirik kapitalini u foydali qazilmalardan topgan bölişi mumkin, lekin uni dunyoga tanitgan va yetakçilikka eriştirgan sarmoyalar bu – yuqori texnologik kompaniyalarga öz vaqtida tikilgan pullardir.
Hozirda hisob-kitoblarga köra, uning umumiy boyligida bunday kompaniyalarning uluşi 60 foiz atrofida.
Uning oxirgi yillardagi ayrim sarmoyalari quyidagiça:












