Olimning Kun.uz muxbiriga bergan intervyuda aytişiça, mazkur vositalar tarkibidagi xlor va spirt birikmalari inson tanasiga turli şakllarda ta'sir qiladi.

«Bugungi kunda antiseptik va dezinfeksiyalovçi vositalar respublikaga çet eldan import asosida kirib keladi. Ular spirt, xlor va uning birikmalaridan taşkil topgan.
Xlorning inson organizmi uçun juda ham zararli tomonlari bor. Masalan, u allergiya beruvçi xususiyatga ega. Yana nafas yöllariga ham salbiy ta'sir körsatadi.
Antiseptiklar tarkibida spirt bölgani uçun qölni tez quritadi va yoriqçalar paydo bölişiga olib keladi. Bu ham noxuş vaziyatlarni keltirib çiqaradi», dedi ilmiy xodim.
Haydar Yunusovning sözlariga köra, institut olimlari yangi turdagi antiseptik vositalar yaratgan. Ma'lum bölişiça, mazkur vositalarda xlor moddasi mavjud emas.
«Bizlar nanotexnologiyalar qöllaş bilan polimerda kumuş nanozarralarini şakllantirib, ular asosida dezinfeksiyalovçi va antiseptik xususiyatiga ega vositani yaratdik. Uşbu vositani işlab çiqarişga ruxsatnoma ham oldik.
Mazkur vosita maktab, boğça, transport vositalari va umuman jamoat joylarini dezinfeksiya qilişda yaxşi samara beradi. Tarkibida xlor yöq. Buni işlab çiqişda mahalliy sellyuloza efiridan foydalandik», – dedi institut xodimi.















