Qayd etilişiça, Urgut tumani Qolduvoyjar mahallasida yaşovçi B.I. özining yaşaş uyining xonasida öziga tegişli bölgan rangli printeri orqali 100 000 sömlik kupyuradagi qalbaki pullarni işlab çiqarib, muomalaga kiritib kelganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, B.I.ning qarindoşi D.ning yaşaş uyi közdan keçirildi.
Uşbu şaxs ham özining yaşaş uyida jami 3 500 000 söm miqdoridagi qalbaki pullarni saqlab kelayotganligi aniqlanib daliliy aşyolar xolislar iştirokida hujjatlaştirilib olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Urgut tumani böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












