Tanasining 15 foizi kuygan ayol ayni paytda şifoxonada. Ahvoli örtaça oğir ekani aytilmoqda.

Voqea 30 noyabr, duşanba kuni soat 13:20lar atrofida röy bergan. Hodisada turmuş örtoğining ham faol iştiroki borligi aytilmoqda. Ayol voqeadan oldin viloyat prokurorining birinçi örinbosari qabulida bölgan.

Boş prokuratura axborotiga köra, uşbu fuqaro tergov organining vakolatiga kirmaydigan çora körişni söragan.

Voqea oiladagi boşqa bir suitsid bilan boğliq

Boş prokuratura ma'lumotiga köra, voqealar rivoji şu yilning 24 iyuliga borib taqaladi. Öşa kuni keç soat 23:00larda Marhamat tumani Toş yöli MFY Sadoqat köçasida yaşovçi 21 yoşli N.M., sevgan yigitini kutib turgan voyaga yetmagan qiz T.M.ni telefoniga suratga olgan. Şundan söng N.M. bu suratlarni qizning ota-onasi va profilaktika inspektoriga körsatişini aytgan.

Bundan qörqqan T.M. özini osib, joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (Şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov hozirda davom etmoqda.

Tergovdan norozi ona

Marhum qizning onasi S.B. olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi bölib, 30 noyabr kuni soat 12:15larda Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan va viloyat prokurorining birinçi örinbosari F.Rahmonov qabulida bölgan.

«U qabul jarayonida tergovçi tomonidan ularning talablari bajarilmasdan, uning fikriça qizining vafotiga aybdor bölgan N.M.dan yetkazilgan zarar hisobiga «Spark» avtomaşinasi undirilmayotganidan noroziligini bildirgan.

Viloyat prokurorining birinçi örinbosari F.Rahmonov qabul jarayonida jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom etayotgani, «Spark» avtomaşinasini undiriş tergov organlarining vakolatiga kirmasligi, tergov yakuni böyiça barça aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çoralar körilişini tuşuntirgan», – deyiladi Boş prokuratura axborotida.

Ayolni suitsidga eri undagani aytildi

Olingan javobdan qoniqiş hosil qilmagan ayol «Spark» maşinasi undirilmagan taqdirda, öziga öt yoqib, joniga qasd qilişini bildirgan va viloyat prokuraturasini tark etgan. Vaziyat keskinlaşuvi va boşqa holatlarning oldini oliş uçun Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari viloyat prokuraturasiga çaqirilgan.