Qayd etilişiça, 2020 yilning noyabrida örtaça iste'mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi ösiş sur'ati 1,5 foizni taşkil qildi.

2019 yilning noyabrida tovarlar va xizmatlar narxlarining oy davomidagi örtaça kötariliş darajasi 1,7 foizga teng bölgan.

2020 yilning yanvar-noyabr oylarida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflarning ösiş darajasi 9,5 foiz bölgan bölsa, 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflarning ösiş darajasi 13,3 foizni taşkil qilgan.

2020 yilning noyabr oyida yillik umumiy iste'mol narxlari indeksining ösiş sur'ati 11,3 foizga teng böldi. 

2018 yilning noyabriga nisbatan 2019 yilning noyabrida tovarlar va xizmatlar narxlarining ösiş sur'ati 15,6 foizni taşkil etdi. 

Joriy yilning noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 2,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,9 foizga va xizmatlar 0,9 foizga qimmatlaşdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining kötarilişi hisobiga umumiy iste'mol narxlari indeksi körsatkiçi 1,0 foiz darajaga ösib, umumiy ösiş sur'atining 66,7 foizini taşkil etdi. 

Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining kötarilişi umumiy körsatkiçning oy davomidagi ösişiga 0,3 foiz darajada ta'sir etdi (umumiy ösiş sur'atidagi uluşi 20,0 foiz). 

Xizmatlar narxlari va tariflarining ösişi natijasida umumiy iste'mol narxlari indeksi qöşimça ravişda 0,1 foiz darajaga oşdi (umumiy ösiş sur'atidagi uluşi 13,0 foiz).