Tahririyatga murojaat qilgan Matluba Boyeva Qonunçilik palatasi devoni mansabdor şaxslarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi. Ma'lum bölişiça, u şu yilning 20 avgust kuni onlayn auksionda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi devoni binosidagi oşxonani ijaraga oliş huquqini qölga kiritadi.

«Auksionda yutganimdan söng, Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş markazidan ğoliblik bayonnomasini va Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş markazining Toşkent şahar hududiy boşqarmasidan uç tomonlama şartnomani olib, imzolaş uçun darhol Qonunçilik palatasi devoniga bordim. Noma'lum sabablarga köra men bilan şartnoma tuzişni paysalga solişdi. «Bu yer «rejimniy» obekt, köçadan kelgan har kim bilan işlayvermaymiz», degan javob oldim.

Belgilangan muddat ötib ketmasidan ijara şartnomasini tuziş ilinjida qayta-qayta bordim. Ammo urinişlarim behuda ketdi. Ular şartnoma tuziş muddati ötib ketişiga sun'iy ravişda erişişdi. Qarabsizki, keyingi murojaatlarimga «muddat ötib ketgan» degan javobni olaverdim», – deydi tadbirkorlik qilmoqçi bölgan ayol.

Darhaqiqat, M.Boyevaning virtual qabulxonaga yöllagan murojaatiga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi devoni tomonidan berilgan javobda körsatilgan muddat davomida davlat mulki obektining ijara şartnomasi tuzilmaganligi sababli auksion bayonnomasi öz kuçini yöqotgani ma'lum qilinadi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş markazining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi bölim boşliği Baxtiyor Begimqulov uşbu vaziyat böyiça quyidagilarni ma'lum qildi:

«20 avgust kuni «Nasiba rizq» MChJ Oliy Majlis Qonunçilik palatasining mahkamasida oşxona oçiş böyiça auksionda ğolib bölgan. Ijara şartnomasini imzolaşi uçun tadbirkorga şartnoma loyihasini çiqarib berganmiz. Tadbirkor ijara şartnomasini tuziş uçun şartnomani Oliy Majlisga olib borib bergan. Körib çiqamiz, deb olib qolişgan. Ammo bayonnomada şunday şart borki, şartnoma loyihasi berilgandan söng, 20 kun içida şartnoma imzolanmasa, bayonnoma bekor böladi. Şartnoma imzolaş uçun tadbirkor tomonidan Oliy Majlisga olib borilganida, u yerda imzolanmasdan uşlab turilgan va şartnoma imzolaş muddati ötib ketgan».