Ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Joriy yilning dekabr oyida videoanjuman şaklida ötkazilişi rejalaştirilgan Özbekiston raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik köriş masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

«Özbekiston va Rossiya prezidentlari koronavirus pandemiyasining tarqalişi oqibatida kelib çiqqan global inqiroz şaroitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror sur'at bilan rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, özaro taşriflar faol amalga oşirilmoqda, Hukumatlararo qöşma komissiya va boşqa hamkorlik mexanizmlari unumli işlayapti, özaro savdo hajmlari ortib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi böyiça ustuvor loyihalar hamda gumanitar almaşinuv dasturlari davom ettirilmoqda.

Prezidentlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Suhbat har doimgidek samimiy, döstona va konstruktiv ruhda ötdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.